Tangko’cha
Tangko’cha – maxsus keramik xumdon.
Tangko’cha – maxsus keramik xumdon.
Taqsimlamoq – 1) bo’lish, o’rtasidan bo’lish, har kimga butunning bir qismini berish; 2) biror narsaning tartibini, oqim ketma-ketligini, topshirilishini va hokazolarni aniqlash.
Taqsimlaydigan quvur o’tkazgich – himoyalanadigan hududga yong’inga qarshi moddani taqsimlash uchun purkagich (qo’yilma)lar o’rnatiladigan quvur o’tkazgich.
Taqsimlagich (taqsimlovchi) – biror narsani (modda, oqim, gaz, suv, energiya va boshqalar) tarqatish uchun moslama, qurilma, mashina va boshqalar. Masalan: beton qorishmasi taqsimlagichi, aylanma taqsimlagich, osma taqsimlagich, o’zi yurar taqsimlagich, … Read More
Taqsim – naqsh (girih)ning ma’lum bir shaklda takrorlanuvchi qismi. To’g’ri taqsim-ulgisi to’g’ri takrorlanadi; chapu rost taqsim-ulgisi to’g’ri va teskari almashib takrorlanadi.
Taqasimon – taqa shakliga ega bo’lish.
Tanakor – kavsharlashda erishni ravonlashtirish, tezlashtirish uchun ishlatiladigan modda.
Tana – ustunning asosiy yuk ko’taruvchi qismi.
Tamg’uk – pona, mix, qoziq.
Tambur-shlyuz – olov, tutun, chang, gaz va boshqa zararli moddalarning bir xonadan boshqasiga o’tish imkonini bartaraf etuvchi hamda xonalarda havo muhitining berilgan parametrlarini ushlab turuvchi maxsus qurilmalar (moslamalar) bilan jihozlangan … Read More