Tag zamin
Tag zamin – tag zamin, yerto’la, sardoba, yer ostiga tegishli.
Tag zamin – tag zamin, yerto’la, sardoba, yer ostiga tegishli.
Tagdan qoplanuvchi shift – yuk ko’taruvchi elementlari (yog’och bruslar, egilgan po’lat profillar) bevosita bazaviy shiftga mahkamlanadigan shift bo’lib, tagdan qoplanuvchi shiftlar DSP, plastik va boshqa panellar, metall reykalar, gipsokarton listlaridan … Read More
Tag (pastki qism ma’nosida) – biror narsaning asosiga, yerga eng yaqin qismi; asosi.
Tag (asosiy ostki rang ma’nosida) – 1) rasmning orqa foni; 2) ko’rib chiqilayotgan ob’yektning orqasida nima joylashganligi.
Tavaqa (ko’tarma (yo’lka, yo’l yuzasi)) – yo’l yuzasi, yo’l kiyimi, temir yo’lning yuqori tuzilishi. Masalan: eshik tavaqasi, qo’sh yo’lka, harakat yo’li, tuproq ko’tarma va hokazolar.
Tavrsimon to’sin – T ko’rinishli kesimga ega bo’lgan, egiluvchan konstruksiyalar uchun eng samarali shakl.
Tavsiyanoma – ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida joyilashtirish va qurilishni yanada mukammallashtirishga qaratilgan ma’lumotlar.
Tavr – “T” harfi ko’rinishidagi kesma bilan prokat metalldan tayyorlangan mahsulot. Masalan: “T” simon shakl, teng tomonli tavr, turlicha tomonli tavr.
Tablo – (fransuzcha: tableau-e’lonlar doskasi, rasm) ramziy va grafik ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo’ljallangan axborotni aks ettirish vositasi.
Tabiiy shag’al – yumshoq cho’kindi tog’ jinsi bo’lib, u tog’ jinslarining ko’p yoki kamroq miqdordagi bo’laklaridan va turli minerallardan (kam hollardagina) tashkil topadi. Kelib chiqishiga ko’ra shag’al tosh va qumlar … Read More