Trixonomonadniye zabolevaniya nima degani
Trixonomonadniye zabolevaniya nima degani – odam siydik-tanosil sistemasining turli bo’limlari qin trixomonadalaridan zararlanishi natijasida paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar.

Trixonomonadniye zabolevaniya nima degani – odam siydik-tanosil sistemasining turli bo’limlari qin trixomonadalaridan zararlanishi natijasida paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar.
Trixinellyoz nima degani – tabiiy manbalari bo’lgan gijja kasalligi. Trixinella qo’zg’atadi, isitma, allergiya va mushaklarda og’riq bilan namoyon bo’ladi.
Troynichniy nerv, uch shoxli, uch tarmoqli nerv nima degani – harakatlantiruvchi (kichik) va sezuvchan (katta) nerv ildizlaridan hosil bo’lgan va boshning jag’-yuz bo’limini innervatsiya qiladigan aralash nerv.
Trombotsitopatiya nima degani – trombotsitlarning sifat tomondan to’la qimmatli bo’lmasligidan kelib chiqadigan gemorragik diatezlarning umumiy tomi.
Tromboendokardit nima degani – endokard butunligi buzilishi tufayli yurak bo’shliqlari devoriga yopishgan tromblarning hosil bo’lishi; asosan, endokard yallig’langanda kuzatiladi.
Trudoterapiya, mehnat bilan davolash nima degani – bemor organizmiga va ayrim a’zolari funksiyasiga mos keladigan mehnat jarayonlari bilan ta’sir etish yordamida mehnat faoliyatini birmuncha tez va to’liq tiklash.
Trupnoye okocheniye, murdaning qotishi nima degani – o’limdan keyin skelet mushaklarining va ichki a’zolar silliq mushaklarining elastikligining yo’qolishi natijasida murdaning qotib qolishi.
Tuberkulez, sil (tuberkulyoz, do’mboqcha) nima degani – o’ziga xos mikroorganizm (sil mikobakteriyasi, Kox tayoqchasi) qo’zg’atadigan, belgilari va kechish jarayoni turlicha bo’lgan yuqumli kasallik.
Turgor nima degani – 1) taranglik, to’liqlik; 2) to’qimalarda yoki hujayralarda qon aylanishi, innervatsiya, moddalar almashinuvi tufayli vujudga keladigan to’qimalarning me’yoriy tarangligi.
Tyubaj nima degani – jigar sohasiga issiq narsa qo’yish bilan bir vaqtda og’iz orqali xolekinetik yuborib, o’t pufagini tozalash. Masalan, xolestazda davolash tadbiri hisoblanadi; tashxislash maqsadida tyubaj zondlash bilan birgalikda … Read More