Tetanus nima degani
Tetanus nima degani – qator nerv impulslarining mushakka o’tishi natijasida mushaklarning kuchli va uzoq muddat davomida qisqarishi.

Tetanus nima degani – qator nerv impulslarining mushakka o’tishi natijasida mushaklarning kuchli va uzoq muddat davomida qisqarishi.
Terminalnoye sostoyaniye, chegara holat nima degani – hayotning oxirgi bosqichi, hayot bilan o’lim o’rtasidagi chegara holat.
Trabekula nima degani – biror-bir kapsulasidan chiquvchi biriktiruvchi to’qimali tutashgich. A’zoning parenximasini bo’laklarga ajratadi.
Toshnota, ko’ngil aynish nima degani – adashgan nervning ta’sirlanishi bilan bog’liq bo’lgan reflektor jarayon.
Torpor, qotib qolish, befarqlik nima degani – ba’zi kasalliklarda kasallik avj olgan davrda es-hushni yo’qotib qo’yish.
Tormojeniye, to’xtash, susayish (tormozlash) nima degani – faol nerv jarayoni bo’lib, uning natijasida qo’zg’alish to’xtalib qoladi yoki susayadi.
Torakoskopiya nima degani – plevral bo’shliqni maxsus apparat – torakoskop bilan tekshirish usuli.
Tonus nima degani – butun organizmning hamda a’zo va ayrim tizimlarining uzoq vaqt davomida faol saqlanib turish darajasi.
Transplantant nima degani – transplantatsiya qilish uchun bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirib o’tqaziladigan to’qima yoki a’zo.
Travmatologiya nima degani – tibbiyotning jarohatlar, ularni davolash va oldini olish choralarini o’rganadigan bo’limi.