UZOQ SHARQ

UZOQ SHARQ — Osiyoning Sharqiy qismida joylashgan davlatlar va hududlarning umumiy nomi. Uzoq Sharqga, odatda, Xitoy (Sharqiy qismi), Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi), Yaponiya, Filippin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining eng chekka … Read More

UZLUKSIZ KASR

UZLUKSIZ KASR (zanjir kasr) — sonlarni tasvirlash usullaridan biri. Opdj,…, an, … — natural sonlar bo’lsa, ifoda chekli Uzluksiz kasr deyiladi va [a0, a{,…,AP] kabi belgilanadi. Har bir a haqiqiy … Read More

UDOKAN

UDOKAN — Baykalortidagi tog’ tizmasi (Rossiya Federatsiyasi Chita viloyati va Saxa Respublikasi hududlarida). Uzunligi 250 kilometrdan ziyod, eng baland joyi 2515 metr. Gneys va kristalli slaneslardan tashkil topgan. Tizmaning yuqori … Read More

UDEGEYLAR

UDEGEYLAR (o’zlarini udee, udeke deb ataydilar) — Primore va Xabarovsk o’lkalari (Rossiya Federatsiyasi)da yashovchi xalq. 1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Udegey tilida so’zlashadi. Udegeylarda tabiat kuchlari va hayvonlarga sig’inish, shomonlik … Read More

UGORLAR

UGORLAR — til jihatdan qardosh bo’lgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (mad’yarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida so’zlashadi. 12-asrga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari “ugra”, … Read More

UVAL

UVAL — yon bag’irlari Nishab, cho’zilib ketgan qirlar. Tepasi yassi yoki salgina gumbazsimon, etagi yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Uvalning nisbiy balandligi 200 metrdan oshmaydi.

UTORUD

UTORUD, Atorid (Arabcha) — Merkuriyning eski nomi. Beruniy, Ulug’bek kitoblarida, qadimgi Sharq shoirlari, jumladan, Navoiy asarlarida bu nomni ko’p uchratish mumkin.

UFQ TEKISLIGI

UFQ TEKISLIGI berilgan nuqtada shovun chizig’i (Zenit va nadir chizig’i)ga perpendikulyar o’tgan osmon sferasining katta doirasi tekisligi. Ochiq dengizda ko’rinma ufq, kichik doira tekisligini tashkil etib, u haqiqiy Ufq tekisligiga … Read More

UFQ TOMONLARI

UFQ TOMONLARI, yorug’lik tomonlari — ufqning to’rtta asosiy nuqtasi; shimol, janub, Sharq va G’arb. Ba’zan Ufq tomonlari mos ravishda N, S, E va W bilan belgilanadi.

UCHAR BALIQ

UCHAR BALIQ (lotincha Volans) — osmonning Janubiy yarim sharida joylashgan uncha katta bo’lmagan yulduz turkumi. Rassom va kil yulduz turkumlari orasida joylashgan; eng ravshan yulduzlari 3 -4 yulduz kattalikda ko’rinadi. … Read More