VAKIL OTA

VAKIL OTA — musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan vakil. Vakil ota kuyovga va nikoh qiluvchi (o’quvchi) domlaga qizning otasi o’rnida kafillik bergan. Nikohda kuyov tomonning kelin maxriga beradigan mol-mulki, … Read More

VAZIRLIK

VAZIRLIK — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. Vazirlik rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirliklar qonun chiqaruvchi oliy organlar (masalan, AQShda) yoki davlat rahbari … Read More

VAZARI (VASARI) JORJO

VAZARI (VASARI) JORJO (1511.30.7, Aresso — 1574. 27.6, Florentsiya) — italyan me’mori, rassom, san’at tarixchisi. Manerizm vakili. Asosan Florentsiyada ishlagan: Palasso Vekko devoriga ishlangan suratlar, 1555-71; Uffisi me’moriy ansambli, 1560 … Read More

VAZAMAR

VAZAMAR (3-asr 1-yarmi) — so’nggi siyovushiylar sulolasidan bo’lgan Xorazmshoh. Arsamux I ning vorislaridan. Vazamar davrida Xorazmda kumush tangalar zarb qilingan. Tangalarda shoh uzun soqolli, burgut ko’rinishidagi temir qalpoq kiygan holda … Read More

VLADISLAV II

VLADISLAV II (Vladislav II) Yagellon (1456-1516) — Chexiya (1471 yildan) va Vengriya (1490 yildan) qiroli. Kazimir IV ning o’g’li. Shaharlar huquqi hisobiga Chex dvoryanlarining imtiyozlarini mustahkamlagan (1500).

VODIY-MADONI

VODIY-MADONI — Sudandagi shahar, Markaziy regionning ma’muriy markazi. Aholisi 145 ming kishidan ziyod. Ko’k Nil bo’yidagi Daryo porti. Mamlakatning asosiy sug’oriladigan dehqonchilik hududining transport tuguni va savdo markazi. Paxta tozalash, … Read More

VODNIK

VODNIK — Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumanidagi shaharcha (1958 yildan). Amudaryoning chap sohilida, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Xo’jaylidan 11 kilometr shimoli-sharqda. Aholisi 6 ming kishi (2000). Vodnikda paxta tozalash zavodi, … Read More

VOYEVODA

VOYEVODA (ruscha) — 1) qo’shin boshlig’i, slavyan xalqlarida hukmdor. Rusda 10-asrdan ma’lum. Rossiya davlatida — polk, otryad (15-asr oxiri — 18-asr boshi), shahar (16-asr o’rtasi — 1775) va viloyat (1719-75) … Read More