VODNIK
VODNIK — Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumanidagi shaharcha (1958 yildan). Amudaryoning chap sohilida, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Xo’jaylidan 11 kilometr shimoli-sharqda. Aholisi 6 ming kishi (2000). Vodnikda paxta tozalash zavodi, maktab, kutubxona bor. Vodnik bilan Taxiyatosh, Xo’jayli va boshqalar shaharlar orasida avtomobil qatnovi mavjud.
O‘xshash so‘zlar
- Vodoprovod tarmog’i
- Vodorod
- Vodorod bog’
- VODOROD BOMBASI
- Vodorod bromid
- Vodorod elektrod
- Vodorod ftorid
- Vodorod generatori







