Xushbo’y moddalar
Xushbo’y moddalar – o’ziga xos yoqimli hidga ega organik birikmalar. O’simliklar dunyosida keng tarqalgan.
Xushbo’y moddalar – o’ziga xos yoqimli hidga ega organik birikmalar. O’simliklar dunyosida keng tarqalgan.
Xronobiologiya – biologik tizimlarning muvaqqat uyushmalari va ularning mа’lum vaqtda davriy yoki davriy bo’lmagan o’zgarishlarini o’rganadi.
Xromotologiya – hayvon va o’simliklarning ranglari haqidagi fаn.
Xromotip – organizim mag’iz genlari tizimi.
Xromosomalar – hujayra mag’izi (yadrosi)dagi o’zidan ko’payadigan xromatin iplaridan hosil bo’lgan уахshi bo’yaluvchi donachalar. Ular DNK va oqsil molekulalaridan tashkil topgan. Xromosomalar yig’indisi organizmning asosiy irsiy xususiyatlarini belgilaydi.
Xrornosoma to’plami – hayvon yoki o’simliklar organizmining har qanday hujayra yadrosidagi xromosomalar majmui. Наr bir biologik tur o’zining doimiy xromosomalar to’plamiga ega bo’lib, ular mа’lum kattalikka va mоriologik xususiyatga ega.
Xromoplastlar, rangli tanachalar – hujayra sitoplazmasidagi sariq rangli pigmentlar. Bularning rangi karotinoidlarga bog’liq. Ba’zan faqat qizil, sariqqizg’ish va sariq rangli plastidalar ham xromoplastlar deb yuritiladi.
Xromoproteinlar, rangli oqsillar – aminokislotalar va rangli birikmalardan tashkil topgan murakkab oqsillаr.
Xromatoforalar, rangli donachalаr – 1)suvo’tlarning har xil shaklgа ega bo’lgan pigmentli donachalari, fotosintez jarayonida ishtirok etadi; 2) ayrim bakteriyalar hujayrasidagi mеmbrаnа tuzilishlar bo’lib, tarkibida pigmentlar bоr.
Xromatin – DNK va yadro oqsillari hisoblangan gistonlardan tashkil topgan nukleoproten tolalar.