Xromatida
Xromatida – hujayra bo’linishida ikki karra ortgan xromosomaning ikki nukleoprotein ipidan biri.
Xromatida – hujayra bo’linishida ikki karra ortgan xromosomaning ikki nukleoprotein ipidan biri.
Xotira – ko’rgan hamda eshitganlarini esda saqlash va shu asosda mantiqiy fikrlash, tasavvur etish qobiliyati. Asab tizimining asosiy хususiyatlaridan biri.
Хоrdаlilаr – Skelet о’qi – xordaga ega hayvonlar turi.
Xorda – xordali hayvonlar (lansetnik, to’garakog’izlilar)ning bo’g’imlarga bo’linmagan elastik skelet o’qi. Yuksak tuzilishga ega umuгtqali hayvonlar embrionida uchraydi.
Xondrogenez – tog’ay to’qimalarining hosil bo’lish jarayoni.
Xondroitinsulfatlar – biriktiruvchi to’qima (рау, tog’ay)larning asosiy tarkibiy qismi.
Xonakilashtirish – estetik ko’ngil ochish yoki inson uchun foydali mahsulot olish maqsadida yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish va ularni ko ‘paytirish.
Xondriom – mitoxondriya DNKsi genlarining majmui.
Xolinesterazalar – хоliп efirlarining gidrolitik уо’l bilan parchalanish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlаr. Odam va hayvon to’qimalarida ko’p.
Xolin – barcha tirik organizm hujayralarida uchraydigan vitaminga o’xshash modda. Fosfolopidlar, atsetilxolin tarkibiga kiradi.