Xoka
Xoka – mayda kukun. Axta qog’ozi ustidan xoka bosib naqsh shakli bezatiladigan sirt, yuzaga tushiriladi.
Xoka – mayda kukun. Axta qog’ozi ustidan xoka bosib naqsh shakli bezatiladigan sirt, yuzaga tushiriladi.
Xoda (g’o’la) – yo’nilmagan, yo’g’on, uzun yog’och, katta daraxtning shox-shabbalari kesib tashlangan tanasi. Masalan: yo’nilgan xoda, qirralangan xoda, ikkiga bo’lingan xoda va hokazolar.
Xovon (xovanda) qo’shimcha panjara – sinchli devorning asosiy to’ldiruvchi qalama sinchlari.
Xobgoh – yotoqxona, uxlash uchun ajratilgan xona.
Xobonda – ganch qorishmasi, ganchni sekin-asta suvda qorib, so’ndirib tayyorlangan suyuqroq qorishma. Nisbatan sekin qotishi bilan o’ymakorlik uchun juda qulay. Asosiy kamchiligi-ganch o’z qattiqligini anchagina yo’qotadi.
Xrapovik (to’sqinli moslama) – faqat bitta yo’nalishda erkin aylanish harakatini ta’minlaydigan, teskari yo’nalishda, harakatni to’sib qo’yadigan mexanizm.
Xotamkori – muqatta turli shakldagi yog’och bo’laklaridan tuzilgan naqsh.
Xotambandi – yog’och, suyak, sadaf qadalgan qadama naqsh, bezak.
Xosxona – maxsus xona, alohida xona, mehmonxona.
Xos xususiyatlar – birovning xarakterli, farqlovchi xususiyati.