Xishtxona
Xishtxona – xundon, xumbuz, g’isht pishiradigan joy.
Xishtxona – xundon, xumbuz, g’isht pishiradigan joy.
Xirgoh (xirgah) – chodir, o’tov, kapa.
Xira – o’zi orqali nur o’tkazmaydi.
Xronometr – kemada o’rnatilgan aniq mexanik soatlar. Osmon jismlarini kuzatish natijasida olingan Grinvich vaqtini va kemaning hozirgi holatidagi vaqtni solishtirish orqali uzunlikni aniqlash uchun foydalaniladi.
Xromli olovbardosh buyumlar – xrom oksidi asosidagi olovbardosh buyumlar guruhidir. Massga nisbatan 90% dan kam bo’lmagan miqdorda xromga ega bo’lgan yuqori xromli olovbardosh buyumlar mavjud. Xromning sintetik oksidi xromli olovbardosh … Read More
Xilxona – 1) qazira, qabristondagi biror urug’, avlod, oila, mahallaning o’ziga tegishli odamni dafn uchun ajratilgan maxsus joy; 2) bir necha odam ko’milgan turbat tagxona.
Xilvatxona (xosxona) – xilvatdagi uy, alohida ajratilgan maxsus xona.
Xilvat – xoli, kimsasiz joy.
Xil (tur, nusxa) – shakl, ma’lum xususiyatlarga ega bo’lgan narsaning bir turi, shuningdek, ma’lum ob’yektlar, hodisalar guruhiga mos kelishi.
Xizmat ko’rsatish – birovning ehtiyojlarini qondirish uchun biron ishni bajarish. Masalan: uzluksiz xizmat ko’rsatish, geodezik xizmat ko’rsatish va hokazolar.