Xibinit
Xibinit – och tusli kulrang-yashil rangli, yirik donali strukturaga ega bo’lgan magmatic ishqoriy tog’ jinsi. Xibinit tabiatda yirik massivlar ko’rinishida uchraydi. Qurilishda aynan shu nom bilan pardoz materiali sifatida qo’llanadi.
Xibinit – och tusli kulrang-yashil rangli, yirik donali strukturaga ega bo’lgan magmatic ishqoriy tog’ jinsi. Xibinit tabiatda yirik massivlar ko’rinishida uchraydi. Qurilishda aynan shu nom bilan pardoz materiali sifatida qo’llanadi.
Xizmat – muayyan ish turini bajaradigan korxona, muassasa, korxona bo’limi. Masalan: geodeziya xizmati, yo’l tuzatish xizmati, foydalanish xizmati va hokazolar.
Xashtak – oshxona ustidagi shamollatish uchun atrofi ochiq qilib ishlangan baland tom.
Xiyora – bodring shaklidagi burama ustun.
Xiyobon – keng, katta ko’cha, bog’larni o’zaro ulaydigan bog’ yo’li, ikki yoniga daraxt, gul ekilgan, ariqlari bo’lgan sayrgoh yo’lka.
Xrizolit-asbest – serpentinning tolali turi bo’lib, xrizotil-asbest asbestning muhim sanoat tipi hisoblanadi. Xrizotil-asbest tolalari bo’ylab cho’zilishda yuqori mustahkamlikka ega ekanligi, adsorbtsiyalanish xususiyati, ishqorbardoshligi, past issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqbardoshligi, dielektrik xossalari bilan … Read More
Xrizolit asbesti – qayta ishlangan abest tolasi, har xil uzunlikdagi tolalar aralashmasidan tashkil topgan. Xrizolit asbesti asbest-texnik, asbotsement buyumlari, issiqlik izolyatsiyasi va hokazolarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Xonadon (uy) – oila a’zolari yashab turgan uy, hovli. Masalan: bir xonali xonadon, uy, alohida xonadon, o’zgaruvchan tarhli xonadon, yonma-yon xonadon, andaza loyihada qurilgan uy, uch xonali uy, to’rt xonali … Read More
Xona (uy, bo’lma, qism, katak) – 1) binoning devor bilan o’ralgan har bir alohida bo’lagi; 2) uy, maskan, makon. O’rni, mavqei, vazifasiga ko’ra xonalar har xil bo’lishi mumkin; xosxona, mehmonxona, … Read More
Xomcho’t – xomaki hisob, taxminiy mo’ljal.