Yo’ldoshmuhammad
Yo’ldoshmuhammad-ota-onasiga hamroh bo’lib yursin va Muhammad (s.a.v.) o’z panohida asrasin yoki Muhammadning hamrohi yo’ldoshi bo’lgan bola
Yo’ldoshmuhammad-ota-onasiga hamroh bo’lib yursin va Muhammad (s.a.v.) o’z panohida asrasin yoki Muhammadning hamrohi yo’ldoshi bo’lgan bola
Yo’ldoshbo’// Yo’ldoshbuvi-otasiga (oldingi aka-opalariga) do’st, hamroh bo’lib yursin
Yo’ldoshali-ota-onasiga hamroh, esh bo’lib yursin va Ali o’z panohiga olsin yoki Alining hamrohi yo’ldoshi, Alining himoyasi, panohidagi bola
Yo’ldosh-otasi yoki akalariga esh, hamroh bo’lib yursin. Shakllari: Yo’ldoshbek, Yo’ldoshboy, Yo’ldoshjon
Yo’ldon-“Yo’ldosh” so’zi bilan boshlangan ismlarning erkalash-qisqartma shakli
Yo’lbek-yo’li ochiq bo’lsin, Alloh kelajagini bersin yoki yo’lda tug’ilgan bola
Yo’lbars-yo’lbars (arslon)dek kuchli, qudratli
Yilqiboy-yilqilari, moli ko’p; boy-badavlat bo’lsin yoki “yilqi” (ot) yilida tug’ilgan bola
Yildirim-yashin, chaqmoq, momaqaldiroq payti tug’ilgan bola
Yigit// Yigitboy-aynan: o’smir, navqiron; sog’ ulg’ayib, katta yigit bo’lsin