YONILG’I NASOSI

YONILG’I NASOSI – ichki yonuv dvigatelining yonilg’i bilan ta’minlash tizimidagi qurilma. Dizel dvigatelidagi Yonilg’i nasosi korpus, kulachokli val, turtkich, plunjerlar jufti, haydash klapanlari joylashgan nasos kallagi, yonilg’i miqdorini rostlab turadigan … Read More

YONDO’KON

YONDO’KON — degrezlarning cho’yan eritadigan ishxonasi. Qadim zamonlardan 20-asr boshlarigacha amalda bo’lgan. Ishxona (do’kon)ning yonida qurilganidan shunday atalgan. Yondo’konda qozon, omoch tishi (poza), hovoncha va boshqalar quyilgan.

YONDOR

YONDOR, yondori — eshik yoki darvozaning kesakisi. Ostki va ustki tomonlaridan, turum (uch)lari bo’lib, eshik yoki darvoza tabaqasining ochilib yopilishini osonlashtiradi. Keyingi paytlarda Yondor bilan eshikka metalldan yasalgan oshiq-moshiq qoqiladigan … Read More

YONDIRUVCHI VOSITALAR

YONDIRUVCHI VOSITALAR dush Manning harbiy sanoat ob’yektlari, inshootlari, jangovar texnikasi, jonli kuchlarini yondirish orqali shikastlaydigan qurolaslaha va moddalar. Yondiruvchi vositalar juda yuqori issiqlik hosil qiladi va mo’ljaldagi ob’yektlarni yondirib yuboradi. … Read More

YONBOSH

YONBOSH — chanoq suyagining bir kismi, tayanchyonbosh suyagi. U tepadan yonbosh suyagining tepa qirrasi, pastdan chanoqson bo’g’imi bilan chegaralanadi. Yonbosh suyak, muskullar, teri osti yog’ qavati va teri bilan qoplangan. … Read More

YON EROZIYA

YON EROZIYA — oqar suvning o’zan (daryo vodiysi, jar) yon tomonini yuvishi; Yon eroziya natijasida daryo vodiysi, jar kengaya boradi, Meandr hosil bo’ladi. Yon eroziya chuqurlatish eroziyasi bilan bir vaqtda … Read More

YON CHIZIQ

YON CHIZIQ (linea lateralis), yon organlar — suvda yashovchi tuban umurtqasiz hayvonlar (to’garak og’izlilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning itbaliq davri) dagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh … Read More

YON TIZMA

YON TIZMA — katta Kavkazning shimoli sharqida Bosh tizmaga parallel joylashgan tog’. G’arbda laba daryosi havzasidan, sharkda Dyulti tog’gacha davom yetadi. Yon tizmada Elbrus (5642 metr), Kazbek (5033 metr) va … Read More

YON NERVLILAR

YON NERVLILAR (Amphineura) tuban mollyuskalar kenja tipi. Chig’anog’i o’zaro harakatchan birikkan 8 ta plastinkadan iborat yoki bo’lmaydi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va undan ketadigan ikki juft bo’ylama nerv … Read More