Yong’inbardoshlilik
Yong’inbardoshlilik – qurilish tuzilmalarining yong’in tarqalishini cheklash, shuningdek, yong’inda yuqori haroratda zarur ko’satkichlarni saqlab turish xususiyati.
Yong’inbardoshlilik – qurilish tuzilmalarining yong’in tarqalishini cheklash, shuningdek, yong’inda yuqori haroratda zarur ko’satkichlarni saqlab turish xususiyati.
Yong’in o’chirish o’rnatmasi – yong’in o’chirish majmuasini chiqarish orqali yong’inni o’chirish uchun statsionar texnik vositalar to’plami; yonayotgan sirtga ta’sir ko’rsatuvchi yong’in o’chirish o’rnatmasi.
Yong’in o’chirish stansiyasi – maxsus xonalarga joylashtirilgan yong’in o’chirish o’rnatmalarining jihozlari va uskunalari.
Yong’in o’chirishning sprinklerli o’rnatmasi – sprinklerli purkagich bilan jihozlangan, avtomatik yong’in o’chirish o’rnatmasi.
Yong’in o’chirish moduli – ishga tushirish impulsi modulning uzatmasiga ta’sir qilganda, korpusida yong’inga qarshi moddani saqlash va yetkazi berish funksiyalari joylashgan qurilma.
Yong’in o’chirish moddasining hisobiy miqdori – me’yoriy hujjat talablariag muvofiq belgilangan va yong’in sodir bo’lganda darhol foydalanishga tayyor bo’ladigan, yong’in o’chirish o’rnatmasida saqlanadigan yong’inga qarshi modda miqdori.
Yong’in o’chirish drencherli o’rnatmasi – drencherli purkagich bilan jihozlangan, yong’in o’chirish o’rnatmasi.
Yong’in o’chirish aerozol generatori – belgilangan parametrli yong’inga qarshi aerozolni olish va uni himoyalangan xonada qo’llaniladigan qurilma.
Yong’in signalizatsiya shleyfi – yong’indan xabar bergichdan tarqatuvchi quti qabul nazorati qurilmasigacha bo’lgan ulanish liniyasi.
Yong’in signalizatsiyasi tizimi – tizimning ishlash tartiblari, boshqa ma’lumotlar va yong’indan himoya qilishning texnik vositalarni, texnologik, elektrotexnik va boshqa jihozlarni boshqarish uchun ishga tushirish signalini berish (agar kerak bo’lsa), yong’inni … Read More