Zuhur
Zuhur-paydo bo’lish, yuzaga kelish. Asli: Zuhurulla, Zuhuriddin, Zuhriddin. Shakllari: Zuhurboy, Zuhurjon
Zuhur-paydo bo’lish, yuzaga kelish. Asli: Zuhurulla, Zuhuriddin, Zuhriddin. Shakllari: Zuhurboy, Zuhurjon
Zuhrulla// Zuhurulla-Allohning aniq namoyon bo’lishi; Alloh qudratining namoyon bo’lishi
Zuhro-aynan: nur, yorqin, ravshan. Cho’lpon yulduzi. Zuhrodek nurli, ko’rkam; baxt-saodat sohibi. Zuhro Muhammad (s.a.v.) ning qizi Fotimaning sifati (laqabi) bo’lgan.
Zuhriddin// Zuhuriddin-dinning g’olibligi yoki dinning g’olib kishisi
Zufar// Zufarbek-g’olib, muzaffar, yengilmas; yo’lboshchi, sarkor
Zunnun-aynan: ulkan baiq egasi. Aqidaga ko’ra, Yunus payg’ambar uch kun ulkan baliq (kit)ning ichida yashagan. Shu sabab unga ushbu laqab berilgan va keyinchalik bu nom kishilar ismiga aylangan
Zunnor-jundan to’qilgan dag’al belbog’cha, ip, ya’ni zunnor kabi mahkam, mustahkam bo’lsin
Zumrad-yashil tusli qimmatbaho tosh: zumraddek qimamtli, bebaho qiz yoki ko’k ko’zli qiz
Zulhijja-hijriy yil hisobining o’n ikkinchi oyi, o’sha oyda tug’ilgan qiz
Zulqaynar// Zulqarnayn-aynan: qo’sh muguzli. Bu nom makedoniyalik Iskandarning laqabi bo’lgan yoki ikki shohli toj kiygan, ya’ni G’arb va Sharq shukmdori