Echkemarlar
Echkemarlar – yirik kaltakesaklar oilasi.
Echkemarlar – yirik kaltakesaklar oilasi.
Еshkаkоуоqlilar – tuban qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Asosan dengizda yashovchi turlari ko’p tarqalgan. Shuningdek, chuchuk suvda yashaydiganlari ham (siklop) bог.
Eshituv suyakchalari – o’rta quloqning kichik suyakchalari bо’lib, bolg’acha, sandon va uzangidan iborat. Bu suyakchalar tovush to’lqinlarini suyuq muhitga uzatadi.
Eshitish a’zolari – umurtqali hayvonlar va odamning tovush to’lqinlarini qabul qiluvchi a’zolari. Ayniqsa sutemizuvchi hayvonlarda yaxshi taraqqiy etgan.
Evtrof – ozuqa moddalariga bоу bo’lgan tuproqlardagina o’suvchi o’simlik.
Evritermlar – muhit haroratining keskin farqlanuvchi sharoitlarida yashashga moslashgan organizmlar.
Evribiontlar – tashqi muhitning keskin farqlanuvchi xilma-xil sharoitlarida yashash xususiyatiga ega огganizmlar.
Evribat organizmlar – suv havzasining har xil chuqurliklarida yashovchi organizmlar.
Evolyutsion rivojlanish qonuni – organik dunyoning irsiy o’zgaruvchanlikka olib keluvchi harakatlantiruvchi kuchi – tabiiy tanlanish asosidagi taraqqiyoti.
Evant nazariyasi, gul nazariyasi – yopiq urug’li o’simliklar gulini evolutsiya davomida novdadan kelib chiqqan deb tushuntiruvchi nazariya.