Endokrin bezlar
Endokrin bezlar, ichki sekretsiya bezlari – gormonlar ishlab chiqaruvchi va ularni bevosita qon hamda gemolimfalarga ajratuvchi bezlar.
Endokrin bezlar, ichki sekretsiya bezlari – gormonlar ishlab chiqaruvchi va ularni bevosita qon hamda gemolimfalarga ajratuvchi bezlar.
Endokarpiy, Mevaning ichki qismi – danakning ichki qattiq qavati.
Endokard – yurak devorining ichki qavat pardasi. Yurakning barcha bo’lmalari va qorinchalarini qoplab turadi.
Endoderma, ichki qavat – 1) gastrulatsiya jarayonida hosil bo’ladigan ichki qatlam; 2)yuksak o’simliklar o’q organlari birlamchi po’stlog’ining ichki qatlami; 3)kovakichlilar tanasining ichki devori.
Endo … – murakkab so’zlarning ichki qismga tegishli ekanligini anglatuvchi tarkibiy qism.
Enderniklar, mahalliy – ma’lum bir geografik hududda tarqab, boshqa joylarda uchramaydigan o’simlik yoki hayvon turlari.
Emlash – yuqumli kasalliklarning oldini olish yoki davolash uchun organizmga zardob (emlik) kiritish.
Embrion, murtak, pusht – 1) urug’dagi boshlang’ich ildiz, роуа уа bargchalariga ega yosh o’simlik; 2) dastlabki taraqqiyot bosqichidagi hayvon organizmi.
Elongatsiya, cho’zilish, uzunlanish – oqsil biosintezida ko’p marta qaytariladigan уа polipeptid zanjirning uzunlashishiga оlib keladigan jarayon.
Еlitа – оliу nауli (elita) o’simliklardan olinadigan yuqori sifatli urug’lar.