Koprofaglar
Koprofaglar, chiqindixo’rlar – asosan sut emizuvchilarning ekskrementlari (chiqindilari) bilan oziqlanadigan hayvonlar.
Koprofaglar, chiqindixo’rlar – asosan sut emizuvchilarning ekskrementlari (chiqindilari) bilan oziqlanadigan hayvonlar.
Konversiya, fagli konversiya, о’ zgarish – bakteriofag bilan zararlanganda bakteriya hujayrasi belgilarining o’zgarishi.
Konvergensiya – O’xshash belgilar – bir xil tashqi muhit sharoitlarida yashaydigan turli xil organizmlarda o’xshash belgilarning hosil bo’lishi.
Konsumentlar, iste’molchilar – fotosintetik va xemosintetik organizmlar hosil qilgan organik birikmalar bilan oziqlanuvchi bir trofik zanjirdagi organizmlar.
Konstitutsion moddalar, tarkibiy moddalar – tirik hujayra sitoplazmasi va pardasini tashkil qiluvchi moddalar. Bular jamg’arma moddalardan farqli ravishda bujayrada doimo bo’ladi va ularni faqat hujayra tuzilishlarini buzish уо’li bilan ajratib … Read More
Konsorsiya, hamkorlik – yashash joyi va ozig’i tufayli o’zaro bog’liq avtotrof hamda geterotrof organizmlarni birlashtiruvchi biosenozning tuzilish birligi.
Konkurentlar, raqobatlar – bir xil yashash vositalari hamda bir xil ekologik joy uchun organizmlar оrаsida bo’ladigan o’zaro raqobatlar.
Konidiya, xaltacha – zamburug’larning jinssiz urchish sporasi. Bazidiyali, takomillashmagan va ayrim boshqa zamburug’larda hosil bo’ladi.
Kompost, mahalliy o’g’it – mikroorganizmlar ta’sirida chirigan organik moddalardan hosil bo’lgan mahalliy o’g’it.
Komplementatsiya, to’ldirish – bir genning ikki mutant allelini bir zigotada birlashuvi. Bunda yovvoyi yoki unga yaqin fenotip o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi.