OPERATSION MENEJMENT
OPERATSION MENEJMENT – korxonaning asosiy mahsulotini ishlab chiqarish va yetkazib berishga yo’naltirilgan, operatsion tizimlarini loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish va mukammallashtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat.
OPERATSION MENEJMENT – korxonaning asosiy mahsulotini ishlab chiqarish va yetkazib berishga yo’naltirilgan, operatsion tizimlarini loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish va mukammallashtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat.
OPERATSION STRATEGIYA – firmaning uzoq muddatli raqobatbardosh strategiyasini maksimal samarali qo’llab-quwatlashga yo’naltirilgan firma umumiy siyosatining va resurslar ishlatilishi rejalari rivojlanishining konseptual aksidir.
OPERATIV LIZING – lizingning bu turida ijaraga berilayotgan texnika uskunalarining ijara muddati ularning xizmat qilish muddatiga qaraganda qisqa bo’ladi.
OMMAVIY MARKETING – barcha xaridorlar uchun ma’lum bir tovarni ommaviy ishlab chiqarish, ommaviy tarqatish va uning sotuvini ommaviy rag’batlantrish.
ОLTIN-VALYUTA ZAXIRALARI – markaziy bankdagi oltin va chet el valyutalarining rasmiy zaxirasi.
OLTIN ZAXIRA – mamlakatning oltin zaxira jamg’armasi bo’lib, markaziy bankda xazina quyma (yombi) va tanga shaklida to‘planadi, shuningdek, xalqaro to’lovlar da zaxira sifatida foydalaniladi va valyuta barqarorligini ta’minlash uchun xizmat … Read More
OPERATIV IJARA – moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish.
OPERATIV BOSHQARISH – minimal xarajat qilib maksimal samaraga erishish va moliyaviy resurslarni yuqori samara olish uchun qayta taqsimlashga qaratilgan kompleks ishlar yig’indisidir. Operativ boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
OMMAVIY MULK – davlat mulki, respublika mulkidir, u ma’muriy-hududiy tuzilmalar, ya’ni munitsipal mulkdan iboratdir.
OPERATSIYA KUNIDA DAROMADLARNI HISOBGA OLISH – g’aznachilik organlaridagi ma’lum lavozimdagi xodimlarning davlat budjeti mablag’larini hisoblash, taqsimlash o’tkazish va hisobini yuritishdan iborat aniq harakatdagi faoliyati.