Plazmoliz
Plazmoliz, hujayra tarangligining yo’qolishi – hujayradagi suvning chiqib ketishi natijasida, sitoplazmaning qobiqdan ajralib, uzoqlashishi. Turgor holatining aksi.
Plazmoliz, hujayra tarangligining yo’qolishi – hujayradagi suvning chiqib ketishi natijasida, sitoplazmaning qobiqdan ajralib, uzoqlashishi. Turgor holatining aksi.
Plazmogenlar – yadrodan boshqa hujayra organoidlari – mitoxondriya, xloroplastlarda joylashgan genlar. Irsiy informatsiyani ko’chirish xususiyatiga ega. Plazmogenlar to’plami plazmon deb ataladi.
Plazmodiy – 1) ko’p yadroli sitoplazmatik massa; 2) sporalilar turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar.
Plazmodesma – qo’shni hujayralarni bir-biri bilan bog’lovchi, membrana tuzilmalarining nozik tolalari. Plazmodesmalar orqali kichik molekulali birikmalar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o’tib turadi.
Plazmidalar – hujayraning xromosomalari bilan bog’liq bo’lmagan irsiy omillari. Ko’pchilik plazmidalar halqali qo’shzanjirli DNK molekulasidan iborat. Ular tirik organizmlarda keng tarqalgan bo’lib, gen muhandisIigida boshqa genlarni ko’chirish uchun foydalaniladi.
Plazma – qon, limfalar, hujayralarning suyuq qismi.
Plaundoshlar – yuksak o’simliklar oilasi. Sporalari hamda vegetativ уо’l bilan ko’payadi.
Plastik almashinuv – moddalarning hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan va anabolik jarayonlarga asoslangan moddalar almashinuvi.
Plastom, plastidom – xloroplastlardagi irsiy elementlar yig’indisi.
Plastidalar – hosil qiluvchi hujayra organoidlari. Bular rangsiz – leykotsitlar, rangli – xromoplast va yashil – xloroplastlardan iborat.