CH

CH — o’zbek kirill alifbosining yigirma beshinchi harfi. Til oldi, qorishiq (t+sh), shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Ushbu harf (tovush) so’zning boshida (chaman, chigit, cho’l), o’rtasida (achchiq, kichik, sochiq) va oxirida (ishonch, kech, tinch) kela oladi. Ba’zan ushbu tovush jarangsiz va portlovchi tovushlardan oldin kelganda, ch>sh, ch>s kabi talaffuz etiladi (masalan, qochdi>qoshti, uchta>ushta, uch so’m — US so’m kabi), lekin bu fonetik hodisa imloda aks etmaydi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda Ch harfi o’ziga xos shakllarda uchraydi.