CHAATAS

CHAATAS (xakascha — urush toshi) — Minusinsk soyligidagi (Xakasiyadagi Abakan va Yenisey daryolari havzasi) mozorqo’rg’onlar va arxeologik madaniyat (6-9-asrlar) ning nomi. Toshdan bunyod etilgan qo’rg’onlar vertikal tosh plitalar va stela (ustunlar) bilan qoplangan. Bu stelalarning ba’zilarida Urxun-Yenisey bitiklari uchraydi. Qo’rg’onlarning tosh lahadlarida marhumlar kuydirib dafn etilgan, mayyit atrofiga ovqat va ichimlik qoldiklari bo’lgan idishlar qo’yilgan. Zodagonlarga tegishli katta qo’rg’onlar (diametri 30 metrgacha) dan oltin va kumushdan yasalgan idishlar, qurol-aslaha, egar-jabduq va boshqalar topilgan, bu qo’rg’onlarning atrofi oddiy jamoa a’zolariga tegishli kichik mozorqo’rg’onlar bilan o’ralgan.