CHABUKIANI VAXTANG MIXAYLOVICH
CHABUKIANI VAXTANG MIXAYLOVICH [1910.27.2(12.3) Tbilisi 1992] balet artisti, baletmeyster, balet maktabining yirik ustalaridan. Xalq artisti (1950). 1929-41 yillar Leningrad opera va balet teatrida, 1941-73 yillar Gruziya opera va balet teatrini, shuningdek, 1950-73 yillar Tbilisi xoreografiya bilim yurtini boshqargan. Bazil (“Don Kixot”), Otello (“Otello”), Albert (“Jizel”), Zigfrid (“Oqqush ko’li”), Jerom (“Parij alangasi”) kabi partiyalari bilan balet cho’qqisiga ko’tarilgan. “Sinatle” (G.V.Kiladze), “Gorda” (D.A.Toradze), “Appassionata” (L.Betxoven) va boshqa baletlarni sahnalashtirgan.