CHAD
CHAD — Markaziy Afrikadagi oqmas ko’l. Nigeriya, Niger, Chad va Kamerun hududida, 240 metr balandlikda. Uzunligi 270 kilometr, eni 150 kilometrgacha. Maydoni 10 mingdan 26 ming kilometr kvadratgacha (Chadga quyiladigan oqim miqdorining ko’p yillik o’zgarishiga bog’liq), chuqurligi 4 metrdan 11 metrgacha. Iqlim namligi yuqori bo’lgan davrda, ya’ni 5-6 ming yil avval ko’l mayd. 400 ming kilometr kvadratga yetgan. G’arbiy va Janub qirg’oqlari past, botqoqlashgan, shimoli sharqi va sharqi kuchli yemirilgan, ular yaqinida Orol ko’p. Chadga shari va Komaduguyobe daryolari quyiladi. Ko’lning daryo deltalari yakinida suvi chuchuk, qolgan qismida sho’r. Chadda suvning yer ostita singib atrofdagi grunt suvlarini ta’minlab turishi natijasida ko’lning suvi muntazam almashinib turadi. Begemot, lamatin, timsoxdar, suv va botqoq parrandalari yashaydi. Baliq turi ko’p. Kema qatnaydi.
CHAD (TCHAD), Chad Respublikasi (Republique du Tchad) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 1284 ming kilometr kvadrat. Aholisi 9 millionga yaqin kishi (2002). Poytaxti — Njamena shahri. Ma’muriy jihatdan 28 prefekturaga bo’linadi. Davlat tuzumi. Chad — respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1996 yil 31 martda qabul qilingan. Davlat boshlig’i prezident (1991 yildan Idriss Debi), u umumiy tug’ri va yashirin ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy Majlis va Senat) parlament, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati. Chad hududining ko’p qismi balandligi 250-400 metr bo’lgan yassi tekislikdan iborat. Mamlakat shimoliy qismi Sahroi Kabir cho’lida joylashgan, Janub Sohil deb ataluvchi cho’l va chala chul landshaftli savanna va Sudan tabiiy oblastining bir qismini egallaydi. Chekka shimolda Tibasti tog’ligi bor (eng baland joyi 3415 metr, Emi-Kusi tog’i). Mamlakat shimoli sharqida Ennedi va erdi platolari, Janubiy Sharqiy qismida Vadai massivi joylashgan. Chadda boksit, diatomit, kaolin, neft, qalay, uran, oltin konlari bor; Chad kulidan soda va tuz olinadi. Iqlimi shimolda tropik cho’l iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 15°, iyulniki 30° gacha (ayrim hollarda 50° gacha borishi mumkin). O’rtacha yillik yog’in 100-250 millimetr. Janubda ekvatorial mussonli iqlim. Qish mavsumi (oktabr— noyabrdan aprrl—maygacha) quruq. O’rtacha temperatura eng sovuq oyda 21°, eng issiq oyda 33°, o’rtacha yillik yog’in (250-1000 millimetr) shimoldan Janubga tomon ortib boradi. Shimolda doimiy oqar daryolar yo’q. Janubda kema qatnaydigan yirik daryosi — shari. Mamlakatning g’arbiy chegarasida Chad ko’li joylashgan. Shimoldagi Toshloq cho’llarda tikanakli yarim buta va butalar, vohalarda tok, xurmo o’stiriladi. Chekka Janubda qizil-qo’ng’ir tuproqlarda savannalar mavjud, baobab daraxti ham uchraydi. Savannalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar — fil, jirafa, kiyik, buyvol, karkidon; yirtqichlardan — Arslon, leopard, sirtlon, chiyabo’ri bor. Shari daryosining yuqori oqimida maymunlar uchraydi. Qushlardan tuyaqush, saqoqush, qizilg’oz bor. Ilon, kaltakesak va hasharot ko’p. Hayvonlarni muhofaza qilish va o’rganish uchun Zakuma milliy bog’i tashkil etilgan. Aholisining 1/3 qismidan ko’prog’ini sharinil tillarida so’zlashuvchi xalqlar, 1/3 qismini arablar tashkil etadi. Chad ko’lining Janubda Chad tillarida so’zlashuvchi Mubi, xausa, massa xalqlari, Kamerun bilan chegaraga yaqin joylarda mbum xalqi yashaydi. Rasmiy tillar — frantsuz va Arab tillari. Aholining yarmidan ko’pi mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi, qolganlari musulmon sunniylar; xristianlar ham bor. Yirik shaharlari — Njamena, Mundu, Abeshe. Tarixi. Chad hududida odam qadimdan yashab kelgan. 9-asrda Chad ko’li havzasida Kanem davlati paydo bo’lgan. Kanem davlati tanazzulga uchragach, 14-asr oxirida Bornu davlati tashkil topdi. 19- asr oxirigacha hozirgi Chad hududining turli qismlarida Vadai (14-asr), Bagirmi (16- asr), Rabbah (19-asr) davlatlari vujudga keldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Chad ko’li havzasini Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya egallab olishga intildilar. 1900 yil Chad Frantsiyaning harbiy hududi deb e’lon qilindi. Uning ayrim qismlarini bosib olish 1914 yilgacha davom etdi. 1904 yil Chad hududi Ubangishari — Chad mustamlakalari federasiyasi (1910 yildan Frantsiya Ekvatorial Afrikasi) (fea) tarkibiga kirgan. 1914 yil Chad Ubangi-sharidan ajratib olinib, FEA ning alohida mustamlakasiga aylantirildi. 2-jahon urushi yillari (1939-45) Chad “Ozod Frantsiya” harbiy qismlari tuziladigan hududga aylandi. Urushdan keyingi yillarda Chadda milliy ozodlik harakati avj oldi. 1946 yil Chad fea tarkibida Frantsiyaning “dengiz ortidagi hududi”ga aylandi. 1947 yil tuzilgan Chad ilg’or partiyasi Chad mustaqilligi uchun olib borilgan kurashga rahbarlik qildi. 1957 yil Chadda afrikaliklardan iborat hukumat kengashi tuzildi. 1958 yil 28 noyabrda Chad Frantsiya hamjamiyati tarkibidagi respublika deb e’lon qilindi. Milliy ozodlik harakati avj olishi natijasida Frantsiya hukumati Chadga mustaqillik berdi. 1960 yil 11 avgustda Chad mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1975 yil harbiy to’ntarish bo’lib, hukumat tarqatib yuborildi. Shu paytdan boshlab mamlakatdagi turli harbiysiyosiy guruhlar o’rtasida bir necha bor qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. 1990 yil dekabrda hokimiyat tepasiga Idriss Debi boshchiligidagi Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati keldi va u ko’p partiyaviylik demokratik tuzumni joriy etish yo’lini tanladi. Chad 1960 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi suverenitetini 1993 yil12 yanvarda tan olgan, 1994 yil 16 sentabrdan diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 11 avgust — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy uyushma, 1992 yil tuzilgan; taraqqiyot va yangilanish milliy Ittifoqi; Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati, 1990 yil tuzilgan; yangilanish va demokratiya uchun ittifoq, 1992 yil asos solingan; Chad milliy ozodlik fronti, 1965 yil tashkil etilgan. Chad kasaba uyushmalari birlashmasi, 1988 yil tuzilgan. Xo’jaligi. Chad — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi — iqtisodiyotning asosi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i — dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yong’oq, sholi, bug’doy, tariq, jo’xori ekiladi; xurmo o’stiriladi. Aholining 1/3 qismi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvadorlik bilan shug’ullanadi. Chorvachiligida qoramol, qo’y va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va boshqa ko’llarda baliq ovlanadi. Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmog’i — to’qimachilik. Oziqovqat sanoatida go’sht, un, sholi oqlash, yog’, shakarqand, pivo pishirish zdlari bor. Chad ko’lidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 92 million kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yo’llari uzunligi — 32,7 ming kilometr, temir yo’l yo’q. Logone va shari daryolarida 1 yilda 3 oy kema qatnaydi. Njamenada xalqaro aeroport bor. Chad chetga paxta, qoramol, go’sht, teri chiqaradi; chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, transport vositalari oladi. Tashqi savdoda Portugaliya, Frantsiya, AQSh, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Maorifi va ilmiy muassasalari. Chadda 8 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun boshlang’ich ta’lim majburiy. Ta’lim frantsuz tilida olib boriladi. Boshlang’ich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich maktab 6 yillik. O’rta maktabda o’qish 7 yil. O’rta texnika ta’limi to’liqsiz o’rta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy ta’limni Njamenadagi Chad universiteti beradi. Ilmiy tadqiqot muassasalari: Paxta va to’qish instituti, Milliy gumanitar fanlar instituti, planetariy, qishloq xo’jalik byurosi, ilmiy texnika byurosi, geografiya tadqiqot stansiyasi va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Chadda frantsuz tilida “Infochad” (“Chad axboroti”) kundalik byulleten chiqadi (1964 yildan). Chad axborot agentligi 1964 yilda tashkil etilgan. Chad milliy radiosi hukumat radiostansiyasi hisoblanadi; 1955 yil tuzilgan. Chad televideniyesi, hukumat xizmati. Me’morligi va tasviriy san’ati. Chad hududidan paleolit va neolit davriga oid qoyatoshlarga ishlangan rasmlar topilgan. Chadning o’troq aholisi Logone va Shari daryolari vodiylaridagi kichikroq shaharchalarda istiqomat qiladi. Aholi qishloqlarda tomi cho’qqisimon, devorlari loy bilan suvalgan doirasimon va to’g’riburchakli kulbalar quradilar. Shaharlarda ichki hovlili, yassi tomli, atrofi kungurador devor bilan o’ralgan uylar barpo etadilar. Chad janubida 8-10-asrlarga oid qadimgi madaniyat yodgorliklari (keramika buyumlari, odam va hayvon tasvirlari tushirilgan sopol va bronza haykalchalar, odamning loydan tayyorlangan boshlari) topilgan. Chadda qadimdan amaliybezak san’atining to’quvchilik, kashtachilik, kandakorlik, kulolchilik kabi turlari rivojlangan. Musiqasi. Chad xalqlarining xalq qo’shiqlari pentatonikaga asoslanadi; raqslardan mdomlang (ovchilar raqsi), ndon mbessi, bayyan, n’dason (marosim raqsi), Sai, basaka (bayram raqsi) turlari keng tarqalgan. Cholg’u asboblari: zarbli — baraban (3 barabandan iborat ansambl mashhur), shaqildoq, ko’ng’iroqcha, ksilofonlar; puflama sozlar — algaita (goboy turi), kamigsdan yasalgan klarnet va boshqalar. Professional ansambllarda puflama sozlar barabanlar bilan birga ishlatiladi. 1970 yil Milliy rake ansambli tashkil etilgan.