CHAG’RAK

CHAG’RAK, chig’rog’, chig’rak — turkiy etnik guruh. Bobur Chag’raklar haqida shunday yozgan: “Andijon viloyatining sahronishinlaridan biri chag’rak eldir, qalin eldur. Besholti ming uyluq el bordur. Farg’ona bilan Qashqar orasidagi tog’da bo’lurlar. Otlari ko’p va qo’ylari qalindur”. Chag’raklarning ba’zi guruhlari qipchoqlar bilan birga 11-asrning 1-yarmidayoq Xorazmning siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Taxmin qilinishicha, Chag’raklar qipchoq qabilalaridan biri bo’lib, 11 — 11-asrlarda Farg’ona vodiysining tog’li hududlariga kelib o’rnashib qolgan.