CHAMBAL

CHAMBAL — Hindistondagi daryo, Jamna daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 830 kilometr, havzasining maydoni 135 ming kilometr kvadrat. Vindhya tog’laridan boshlanib, Malva platosini kesib o’tadi. O’rtacha suv sarfi 600 metr kub/sekund. Suvi, asosan, sug’orishga sarflanadi. GES bor. Rampur shahri yaqinida yirik suv ombori qurilgan. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Chambal bo’yida kota shahri joylashgan.