CHANGCHI
CHANGCHI — gulli (urug’li) o’simliklar gulining asosiy qismi. Changchi changdon va changchi ipidan iborat. Changchi oziq moddalar (qand, yog’, mineral tuzlar, oqsil) ga boy bo’lib, ular chang donachalarining o’sishi uchun sarflanadi. Changchi tarkibida urug’lanish jarayoni uchun zarur fermentlar, karotinoidlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar bor. Changchining yashash xususiyati har xil o’simlik turlarida turlicha. Shuning uchun sun’iy changlantirishda Changchini saqlashning turli usullari ishlab chiqilgan.