Chaqiq tosh
Chaqiq tosh – qattiq mustahkam toshning 5-150 millimetr o’lchamli o’tkir qirrali parchalari. Tabiiy chaqiq tosh tog’ jinslarining nurashi oqibatida hosil bo’ladigan mahsulot; zaif bog’langan to’plamlar sifatida joylashadi. Chaqiq tosh qattiq tog’ jinslarini yoki sun’iy tosh materiallarini maxsus parchalash yo’li bilan ham olinadi. Chaqiq tosh beton qorishmalarining to’ldiruvchisi, temir yo’l to’shamasi (ballasti) sifatida qo’llanadi, undan yo’l qoplamalarini qurishda ham foydalanishadi.