CHAQIRIM

CHAQIRIM (chaqirmoq so’zidan) — qadimgi uzunlik o’lchov birligi. Qadimdan O’rta Osiyoda katta masofalarni o’lchash uchun qo’llanib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam o’rtacha 0,75 metr ekanligi hisobga olinsa, unda 14. =12000,75=900 metr =0,9 kilometrga teng. Biroq 19-asr oxiridan boshlab chop etilgan adabiyotlarda 1 Chaqirim 1500 gazga teng ekanligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Bunda gazning 0,71+0,72 metr ekanligi hisobga olinsa, 1 Chaqirim =1500(0,71+0,72) = 1,065+1,08 kilometr. Chor Rossiyasining 1894 yilda rus o’lchov birligiga o’tishi to’g’risidagi ko’rsatmasi chiqqan davrgacha 14=0,9 kilometr, undan keyin 1 Chaqirim =1,06+1,08 kilometrga teng bo’lgan. Hozirgi vaqtda 1 Chaqirim deganda 1 kilometr tushuniladi.