CHAROIT

CHAROIT (Sharqiy Sibirdagi chara daryosi nomidan) — zanjirli silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral. Tarkibida suv va ftor bo’lgan K, Na, Ca, va, Mp ning murakkab silikati. Kimyoviy tarkibi aniqlanmagan. G’arbiy Sibirning Murun ishqorli massivida 1977 yilda topilgan. Taxminan monoklin singoniyada kristallanadi. Yaxlit tolali va ingichka ninali, popuksimon nurlar ko’rinishidagi agregatlar. Strukturasi aniq emas. Pushti va och binafsha rangli o’ta kam uchraydigan mineral. Qattiqligi 5,5, zichligi 2,52,6 g/sm3. Gidrotermal metasomatik (fenitlar hisobiga) genezisga ega. Charm tarkibli jinslarning chiroyli turlari zargarlik, bezak va kollektsiya toshlari sifatida Charoitdan yasalgan vaza, foydalaniladi. Moskvadagi “Samosvet” ayniqsa, binafsha rangli, ipaksimon yaltiraydigan turlari juda qadrlanadi. Charmning dunyo bo’yicha yagona koni Sharqiy Sibirdagi Sirenli tosh konidir.