CHARVI

CHARVI — ichki (visseral) qorin pardasidagi keng va uzun burama qavat. Pardalar orasida yog’ to’qimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Katga va kichik Charvi farq qilinadi. Katta Charvi qorin pardasining ikkita oldingi va ikkita orqa varag’idan tarkib topgan. Kichik Charvi jigarni me’da va 12 barmoq ichak bilan tutashtirib turadi. Charvi ichaklarni old tomondan fartuk kabi berkitib, tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi va qorin bo’shlig’idagi haroratni saqlaydi.