CHARX ILONLAR

CHARX ILONLAR, efalar (Echis) — qora ilonlar oilasiga mansub ilonlar urug’i. Uzunligi 80 santimetrgacha. Kulrang yoki qo’ng’ir tusli tanasida oqish ilon izi hoshiyasi bor. Tanasining 2 yonidagi tangachalari qirrasida tishchalari bo’ladi. Charx ilonlar tanasini halqa qilib o’raganida tangachalar ishqalanishi natijasida charx toshi aylanishiga o’xshash tovush chiqadi (nomi shundan). 3 turi, jumladan, qum charx iloni va chipor charx iloni shim. Afrika, Janub, Janubiy G’arbiy Osiyo va O’rta Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda qum charx iloni Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qizilqum cho’lida uchraydi. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Mayda umurtqalilar, yosh Charx ilonlar, asosan, hasharotlar va o’rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan tirik tug’adi. Urg’ochisi 3 tadan 18 tagacha bola tug’adi. Zaxarli, chaqishi o’limga olib kelishi mumkin. Zaxaridan immun zardob tayyorlashda va ilmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladi.