CHARXIN

CHARXIN — Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi shaharcha. Samarkand shahridan 15 kilometr, tuman markazi (Juma shahri) dan 16 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Ulug’bek. Aholisi 13,3 ming kishi (2003). Eski Angor kanalidan suv oladi. Charxinda paxta tozalash, teri saralash zavodlari, 2 kasb-hunar kolleji, umumiy ta’lim maktabi, 3 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga xizmat ko’rsatish, tikuvchilik, poyabzal, avtomobil va mebel ta’mirlash ustaxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Kasalxona, poliklinika, 2 dorixona bor.