Chatishtirilgan terak nimani anglatishini bilasizmi

Chatishtirilgan terak nimani anglatishini bilasizmi – mazkur terak navi respublikamizda 1949-yilda V.M.Rovskiy va G.P.Ozolinlar tomonidan chatishtirish yo’li bilan olingan. Shox-shabbasi va tanasi tik holda bo’lib, juda tez – ikki yilda 6 metrga o’sadi. 15 yoshga yetganda balandligi 25 metrni, yo’g’onligi 30 santimetr, 25 yoshligida tegishli ravishda 35 metr va 63 santimetrni tashkil etadi. Ushbu terak 30 yoshga yetganda uning bo’yi 36 metr va undan ham balandroq, yo’g’onligi esa 65 santimetrni tashkil etadi. Undan chiqadigan yog’och mahsuloti gektar boshiga 900 metr3 ga tengdir. U zararkunda va kasalliklarga chalinadi Qalamchasidan va to’nkasidan yaxshi ko’karadi. Shuning uchun ham suvli yerlarda ihota daraxtzorlarida foydalanilsa, birinchidan, tez o’sadi va hosildorlikni oshirishga munosib hissa qo’shadi. Ikkinchidan, yetilgandan keyin to’nkasini 25-30 santimetr qoldirib qirqib olib, 2-3 marotaba ishlov berib, yer ozuq moddalar bilan to’ydirilsa, to’nkasidan unib chiqqan novdalar 2-3 yil ichida 6-8 metr o’sib, ihota daraxtzorlarni yangilab olishni tezlashtiradi.

Leave a Reply