CHAVATI

CHAVATI — oshirilmagan (xamirturushsiz) xamirdan tayyorlanadigan non turi. Iliq suvda oddiy oshxamir qoriladi va 10-15 minut o’rab tindiriladi. So’ngra xamirdan 200 grammli zuvalalar uzib, o’qlovda yupqa (2 millimetr) kilib yoyiladi (yoymani pichoq bilan enibo’yini 25-30 santimetr qilib kesish yoki zuvalani kichikroq olib non shaklida yoyish xam mumkin). Yasalgan yupqa xamir qizigan tandirga yopib pishiriladi. Qurtova, shirchoy, qaynatma sho’rva kabi taomlar bilan birga iste’mol qilinadi. Parhezlik xususiyatga ega.