CHELAK XAZINASI

CHELAK XAZINASI – Samarqand viloyati (hozirgi Payariq tumani Chelak shahri) dagi Chelak shahar xarobasidan topilgan kumush buyumlar (1961). Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat bo’lib, ulardan biri — sosoniylar davriga oid. Idishda, shahanshoh Peroz tasviri tushirilgan, 2 idish qalin bo’lib, unda bir eftaliy zodagonining tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan bo’lib, Sug’dda qilingan. Chelak xazinasi milodiy 6-asrning oxiri — 7-asrning boshida Sug’dda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan bo’lib, bu yerga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi Sankt-Peterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda.