CHEMBERLEN NEVILL

CHEMBERLEN NEVILL (1869.18.3, Ejboston, Birmingem — 1940.9.11, Xikfild) — Buyuk Britaniya davlat arbobi. Konservatorlar partiyasi rahbarlaridan biri. 1915-16 yillarda Birmingem shahrining lordmeri. 1918 yildan parlament a’zosi (konservatorlar partiyasidan). Pochta vaziri (1922-23), Sog’liqni saqlash vaziri (1923, 1924— 29, 1931). Moliya vaziri (1931-37). Konservatorlar partiyasi raisi (1930— 31). 1937-40 yillarda bosh vazir va konservatorlar partiyasi rahbarlaridan biri. Gitler, Mussolini va Dalade bilan 1938 yilda Myunxen bitimini imzolagan. Chemberlen1939 yil Moskvada bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan agressorlarni jilovlashga qaratilgan xarbiysiyosiy ittifoq bo’yicha muzokaralarni barbod qilganlikda ayblangan. Natijada Angliya nihoyatda og’ir vaziyatda 2-jahon urushiga kirgan. Ayni vaqtda Chemberlen Germaniya agressiyasini Sharqqa, ya’ni SSSRga qarshi yo’naltirish bo’yicha ko’p harakatlarni amalga oshirdi. Germaniya 1940 yilning bahorida G’arbiy frontda keng kulamda hujumga o’tganda Chemberlen bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bulgan.