CHERDANTSEV GLEB NIKANOROVICH

CHERDANTSEV GLEB NIKANOROVICH (1885.4.8, Omsk 1958.5.12, Moskva) — iqtisodchi va geograf olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), iqtisod fanlari doktori (1936). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1955). Peterburg Politexnika institutini tugatgan (1909). Odessada (1910-15), Turkiston o’lkasining turli boshqarmalarida (1915 — 17) ishlagan. Turkiston xalq universitetining rektori (1918). TurkASSR Davlat plan qo’mitasi raisi o’rinbosari (1922-23), XXSR Davlat plan qo’mitasi raisi (1923). Moskva Geodeziya, aerofotos’yomka va xaritagrafiya muhandislari instituti professor (1924— 58). Asosiy ilmiy faoliyati O’rta Osiyo energetikasi, qishloq xo’jalik va irrigatsiya, moliya-savdo ishlari, mehnat va transport vositalari, iqtisodiy rayonlashtirish masalalarini o’rganishga qaratilgan. Toshkentdagi ko’chalardan biri Cherdatsev nomi bilan atalgan. As: vodnoe pravo Turkestana v ego nastoyatshem i proektax blijaytshego budutshego, T., 1921; Sredneaziatskiy ekonomicheskiy rayon, T., 1922; K istorii ekonomicheskix issledovaniy v karakalpakskoy ASSR, T., 1950.