Cherikravot qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Cherikravot qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xazorasp rayonida. Toponim ikki komponentdan tuzilgan. Nomning ikkinchi qismi ravot “istehkom, bekat, to’xtash joy” degan ma’noni bildiradi. Nomning birinchi komponentini xalq “chirik” so’zi bilan bog’laydi. “Chirigan, zaxlagan” ravot ma’nosida. Ammo bu etimologiya nomning tashqi ko’rinishi asosida vujudga kelgan. Aslida bu so’z cherik “armiya, qo’shin, xalq ko’ngilli otryadi” demak.

Leave a Reply