CHERKOV

CHERKOV (yun. kyriake – xudoning uyi) — 1) xristianlikdati maxsus diniy tashkilot. O’z diniy aqidalari va marosimlari tizimiga ega. Cherkov iyerarxik tarzda boshqariladi. Cherkovga mansub kishilar ruhoniylar va oddiy dindorlarga bo’linadi. Xristianlik Cherkovni ―Isoning ilohiy tanasi‖, unga e‘tiqod qiluvchilar shu tana a‘zolaridir, Iso esa shu tananing boshi deb ta‘lim beradi. Cherkov dindorlar uyushmasi bo’lib, sirli marosimlar (xususan, non va vino totish marosimi)da inson bilan xudoning birgalikdagi ishtiroki orqali ularning birlashib ketishi amalga oshiriladi, deb tasavvur qilinadi. Yirik xristian Cherkovlari – pravoslav Cherkovi, katolik Cherkovi, protestant Cherkovi va boshqalar; 2) xristian dinida ibodat qilish uchun maxsus qurilgan bino. U mehrobli qism va unga tutash zal — dindorlar ibodatga tuplanadigan xonadan iborat. Turli xalqlarda Cherkov binolarining turli tiplari vujudga kelgan. Shahar yoki monastirning bosh Cherkovi sobor deb ataladi. Lyuterchilar Cherkovi, odatda, kirka yoki kirxa, polyak katolik Cherkovi kostyol deyiladi.