Chig’il

Chig’il-qadimgi turkiy qabilalardan biri. IX-X asrlarda chig’illab kuchayib, o’z davrining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Chig’illar Ili daryosi vodiysida hamda Issiqko’l atroflarida, ayrim guruhlari esa hozirgi Talas daryosining o’rta oqimlarida joylashgan. X asr oxirlarida Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida qarluq, xalaj, yag;mo va boshqa turkiy qabilalar bilan bir qatorda chig’illar ham faol qatnashganlar. XI asr davomida chig’illarning asosiy qismi hozirgi O’zbekiston hududiga kelib joylashganlar. Chig’illarning o’tmishda asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan, keyinchalik asta-sekin o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullangan va o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan.