CHIMBOYLIQ TOPILMASI

CHIMBOYLIQ TOPILMASI – je davriga oid yodgorlik, topilma (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi). Toshkent shahridan 50 kilometr sharqda, Chirchiq shahrining o’ng tomonida, Chimboyliq qishlog’i yaqinida oltin qidirish maqsadida o’tkazilgan qidiruv ishlari olib borilayotgan paytda topilgan (1898). Chimboyliq topilmasi — bolta, mix shaklidagi bigiz, bargsimon pichoq va 580 gramm quyma jezdan iborat. Chimboyliq topilmasi katakomba shaklida bo’lib, Andronovo madaniyatiga yaqin turadi.