CHIMYONSOY
CHIMYONSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Chirchiq daryosining chap irmog’i. Uzunligi 17 kilometr, havzasining maydoni 39,3 kilometr kvadrat, havzasining o’rtacha balandligi 1635 metr. Katta Chimyon tog’ining g’arbiy yon bag’ridan 2000 metr balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Chimyonsoy boshlanish qismida yon bag’irlari baland darasimon tor vodiyda va toshloqo’zanda oqib, nisbati kengroq Chimyon soyligiga chiqadi (soylikning tubi g’ovak jinslardan tarkib topgan). Qiziljar irmog’i qo’shilgan joyda yana tor vodiyda oqadi. Irmoqlari Katta Ko’ksoy, Kiziljar; soyga ko’plab buloq suvlari quyiladi. Chimyonsoyning o’rtacha yillik suv sarfi 0,6— 0,7 metr kub/sekund. Asosan, qor va yer osti suvlaridan to’yinadi; yer osti suvlari yillik oqimning 70%ni tashkil etadi. May— iyun oylarida suvi ko’payadi, dekabr—fevralda kamayadi. Chimyonsoydan sug’orishda foydalaniladi. Chimyonsoy vodiysida sil kasalliklari sanatoriysi, bolalar oromgohlari, pansionatlar joylashgan. Chang’i musobaqalari o’tkaziladi.