CHIN

CHIN — qadimgi turkiy xalqlar yashagan joy nomi. “Ulug'”, “Mustahkam” degan ma’noni bildiradi. Koshg’ariyning “Devonu lugotit turk” asarida Chin aslida uchga bo’linadi. Birinchisi Yuqori Chin bo’lib — buni Tabg’ach (Tavg’ach) deydilar, ikkinchisi o’rta Chin bo’lib — buni Xitoy deydilar, uchinchisi quyi Chin bo’lib buni barxan deydilar. Lekin hozir Tabg’ach — Mochin, Xitoy — chin, barxan — Qashqar deb yuritiladi deb yozadi. Yana shu kitobda Chindan Mochingacha bo’lgan hududda 20 turkiy qabilaning biri xitoylar (qitonlar, kidanlar) yashaganligi aytilgan. Koshg’ariy Chin deb nomlagan Kidon (Qiton) davlati (916-1125) Xitoyning shimolda, Sharqda ulug’ okeangacha, shimolda Baykalgacha, g’arbda Oltoy tog’larigacha bo’lgan hududni egallagan. Mazkur joyda, Xitoy manbalaridagi turkiy xalqlarning ajdodlari — llar istiqomat qilganlar. Xitoyda Min(ming) sulolasi (1368-1644) davrida Xitoyning Janubda istiqomat qilib kelgan aholi (xanzular), Xitoyning shimoldagi kidonlar (xitoylar) hududini egallashgan. Ular son jihatdan ko’p bo’lgan, shu tufayli kidonlar xanzularga singib ketadi. Ularning Markaziy Osiyoga surilgan bir qismi (qoraxitoylar) ko’chmanchi turkiy qabilalarning tarkibiga singib ketadi. 1644 yil Chin hududidan chiqqan manjur imperiyasi Janubiy Xitoyni (Jungguoni) bosib olgandan so’ng, imperiya nomini “Ching” deb atadi. So’ngra mazkur imperiya o’rta va quyi Chinni ham egalladi. Yevropaliklar manjur imperiyasini Shin, China, Chayna, Xina deb talaffuz qilgan. Keyinchalik bu nom Xitoyga taalluqli bo’lib qolgan. Arab, forsiy, turkiy manba va adabiyotlarda 20-asrning boshlariga qadar turkiy xalkqlarning qadimgi maskanlari Chin va Mochin (Ulug’chin) deb tilga olinadi. Abduxoliq Aytboyev.