CHINDOVUL

CHINDOVUL — o’zbek va tojik xalqlarida dubulg’a shaklidagi, bir tomonidan teri bilan qoplangan urma cholg’u. Harbiy yurishlar va turli marosimlarda qo’llanilgan. Chindovul otliq askar egariga boylangan, tayoq yoki qamchi dastasi bilan chalingan.