CHINGIZIYLAR

CHINGIZIYLAR mo’g’ullar davlatining asoschisi va xoni (1206 yildan) Chingizxon nomidan kelib chiqqan, Osiyo va Sharqiy Yevropada hukmronlik qilgan sulola. Mo’g’ullar davlati hukmdorlari: Chingizxon (1206-27), Tulixon (1227— 29), O’qgoy qoon (1229-42), Turakina xotun (1242-46), kuyuk (Guyuk) qoon (1246-48), Munke (mangu) qoon (125159), Xubilay (125994), O’ljaytu — Temur qoon (1295— 1307), Xaysanqulug qoon (1307-11), Ayurbaribad — Buyantu qoon (1311-20), Shidebala — gegen qoon (1320-23), Esun — Temur qoon (1324-28), Xo’shila qoon (1328), Tug’temur qoon (1328— 32), Irijinbal qoon (1332), To’g’on Temur (1333-70), Ayushiridor qoon (1370-78), To’kus Temur qoon (1378— 88). Jo’ji ulusi (Oltin O’rda) hukmdorlari: Jo’ji (1224— 27), Botu (1227— 56), Berkaxon (1256— 66), Mangu Temur (1266—?), Tuda Mangu (?), To’la bug’a (?), To’xtaxon (1290-1312), O’zbekxon (1312-40), Jonibekxon (134057), Berdibekxon (135759), Navro’z (1359— 60), Xizrxon (1360-61), Mardud (Murud) (1361 — 63), Murodxo’ja (1363), Qutlug’xoja (1364), O’rusxon (1364— 75), To’qtaqiya (1375), Temur Malik (137576), To’xtamishxon (137696), Temur Qutlug’ (1396-99), Shodibek (1399-1407). Iroq (Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Kermon va Eronning g’arbi) da hukm surgan Chingiziylar (hukmdorlar): Hulokuxon (1256- 65), Abaqaxon (1265-82), Ahmadxon (1282 — 84), Arg’unxon (1284-91), Keyxotu (Gayxatu)xon (1291-95), Boyduxon (1295), G’ozonxon (1295-1304), O’ljaytuxon (1304— 16), Abu Sa’id Bahodirxon (1316— 35), Ariaxon (1335-36), Musoxon (1336), Sulton Muhammadxon (1336— 38), Tag’oy Temurxon (1338; 1341-51), Sulaymonxon (1339-41). Sharqda Oltoydan to g’arbda Amudaryogacha, G’uljadan Samarqandu Buxorogacha bo’lgan hududda, asosan, Chingizxonning 2-o’g’li Chig’atoy naslidan bo’lgan xonlar hukm surgan. Ad.: Rashidaddin, Sbornik letopisey, t.2, M.L., 1960; Abulgoziy, Shajarayiturk, T., 1992; Mirzo Ulug’bek, To’rt ulus tarixi, T., 1994; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.