CHINK
CHINK, ching (qozoqcha — shing) — 1) qir va balandliklar, supatog’larning erozion, denudasion va tektonik yo’l bilan hosil bo’lgan tik tushgan baland yon bag’ri, jarlik. Balandligi 300-350 metrga yetadi. Chinklar oldi ko’pincha pastliklar bo’lib, ularni sho’r va botqoq bosgan bo’ladi. Masalan, Ustyurt platosi, Mang’ishlok yarim oroli chekkalari Chinklardan iborat; 2) cho’qqi, tog’ tepasi, kimsasiz, qor bosgan toglar.