CHINNI TARVUZ
CHINNI TARVUZ – o’rta ertapi shar mahalliy tarvuz navi. Palagi, yon shoxlari o’rtacha, barglari siyrakroq, konussimon, biroz mayin tukli. Meva shakli sharsimon, Tuey och yashil, o’rtacha kattalikda. Po’sti qattiq. Meva yuzasi silliq, yuzasi bo’ylab to’q yashil chinni tarvuz. rangli tasmachalar birbiriga ulanib uyachalar shaklini beradi. Etining rangi och qizil, sersuv, shirali, tolali. Tarkibida 6,5% quruq modda va 6,5% qand bor. Hosili 70-75 kunda pishadi. Hosildorligi 320-340 tsentner/gektar. 1956 yildan davlat reyestriga kiritilgan. O’zbekistonning (Samarqand viloyatidan boshqa) barcha viloyatlarida ekiladi.