CHINNIGULDOSHLAR
CHINNIGULDOSHLAR (Caryophyllaceae) — chinnigulnamolar qabilasiga mansub oila. Chalabuta hamda bir, ikki va ko’p yillik butalardan iborat. 80 turkumga kiradigan 2000 turi bor. O’zbekistonda 24 turkumga mansub 122 turi o’sadi. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, bandsiz, tekis qirrali. Gullari to’g’ri, 4-5 bo’lakli. Kosacha barglari erkin yoki tutashgan. Changchilari 4-10 ta, urug’chisi 1-5 ta, tugunchasi ustki, mevasi ko’sakcha. Shim. yarim sharning mo’tadil mintaqasida tarqalgan. Chinnigul, drema, lixnis, yer sovun va boshqa turlari manzarali. Etmak, sovuno’t, echkimiya va boshqa ildizlari xolva va har xil ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. Chinnigulning ba’zi turlari atirupa sanoatida va tibbiyotda qo’llanadi. Chinnigulning 10 turi O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.